O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK SANOATINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA KORXONALARNING INNOVATSION FAOLIYATI HOLATI
Article Information
Abstract
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining rivojlanish
tendensiyalari va korxonalarning innovatsion faoliyati holati tahlil qilinadi.
Unda to‘qimachilik sanoatida xomashyoni chuqur qayta ishlash, yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarish
jarayonlarini modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etish
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, innovatsion faoliyatning
korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish,
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va eksport salohiyatini
kengaytirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada ekologik barqarorlikni
ta’minlash, energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda
zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda uchraydigan muammolar ham ko‘rib
chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining
innovatsion rivojlanishini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish va xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

