O‘ZBEKISTONDA O‘RTA VA YIRIK KORXONALARDA YASHIRIN IQTISODIY FAOLIYATNI ANIQLASH VA QISQARTIRISH: RISKKA ASOSLANGAN MONITORING VA IQTISODIY RAG‘BATLANTIRISH MODELI
Article Information
Abstract
Maqolada O‘zbekistonda o‘rta va yirik korxonalar faoliyatida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yashirin iqtisodiy operatsiyalarni aniqlash hamda
qisqartirishning integratsiyalashgan mexanizmi ishlab chiqiladi. Tadqiqotning
maqsadi – rasmiy statistik ko‘rsatkichlar, soliq intizomi nazariyalari va xalqaro
riskka asoslangan ma’muriyatchilik tajribasini tizimlashtirib, raqamli ma’lumotlar
bilan iqtisodiy rag‘batlarni birlashtiruvchi konseptual modelni taklif etish.
Metodologik asos sifatida ikkilamchi rasmiy ma’lumotlarni tavsifiy tahlil qilish,
hujjatlar va ilmiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish hamda konseptual model
loyihalash usullari qo‘llandi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,
2025-yilda kuzatilmaydigan iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi 26,9%, aynan yashirin
iqtisodiyotning ulushi esa 7,9% bo‘lgan. Tadqiqot natijasida elektron hisobfakturalar, ish haqi, QQS, hisob-kitoblar, rentabellik va kontragentlar bilan bog‘liq
oltita risk blokini qamrab oluvchi vaznli indeks taklif etildi. Shuningdek, xavf
darajasiga mutanosib profilaktika va nazorat choralarini soliq intizomini
rag‘batlantirish vositalari bilan uyg‘unlashtirish mexanizmi asoslandi. Model
korxonalar darajasidagi birlamchi ma’lumotlarda sinovdan o‘tkazilmagan; shuning
uchun keltirilgan risk chegaralari va iqtisodiy ssenariylar empirik natija emas,
dastlabki konseptual taklif sifatida talqin qilinadi.

