PREEKLAMPSIYA KUZATILGAN HOMILADOR AYOLLARDA GEMOSTAZ TIZIMI KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI VA ULARNING AKUSHERLIK HAMDA PERINATAL ASORATLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Article Information
Abstract
Preeklampsiya homiladorlik davrida uchraydigan muhim
patologik holatlardan biri bo‘lib, ona va homila uchun salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Ushbu ishda preeklampsiya bilan kechayotgan homiladorlikda
gemostaz tizimi ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari hamda ularning
akusherlik va perinatal natijalarga ta’siri tahlil qilindi.Tadqiqotda 110 nafar
homilador ayol ishtirok etib, ular klinik holatiga ko‘ra uch guruhga ajratildi:
yengil preeklampsiya (40 nafar), og‘ir preeklampsiya (40 nafar) va fiziologik
kechayotgan homiladorlik (30 nafar). Barcha ishtirokchilarda trombotsitlar
miqdori, fibrinogen, D-dimer darajasi, APTT va protrombin indeksi aniqlanib
baholandi.Natijalar og‘ir preeklampsiya holatlarida trombotsitlar sonining
kamayishi bilan bir qatorda, fibrinogen va D-dimer ko‘rsatkichlarining oshishi
hamda APTTning qisqarishini ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar nazorat guruhi
bilan solishtirganda statistik jihatdan ahamiyatli farqni tashkil etdi
(p<0.05).Aniqlangan gemostaz buzilishlari platsentar disfunktsiya, homila
kislorod yetishmovchiligi, muddatidan oldin tug‘ruq hamda kam vaznli chaqaloq
tug‘ilishi kabi asoratlar bilan bog‘liq ekanligi kuzatildi. Tadqiqot natijalari
gemostaz tizimi parametrlarini baholash preeklampsiya og‘irligini aniqlash va
ehtimoliy asoratlarni oldindan prognoz qilishda muhim diagnostik ahamiyatga
ega ekanligini ko‘rsatadi.

