PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING KETISH NIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI IJTIMOIY SO‘ROV ASOSIDA BAHOLASH
Article Information
Abstract
Tezisda 1005 nafar professor-o‘qituvchi ishtirokidagi anonim
so‘rovnoma asosida ketish niyatiga ta’sir etuvchi to‘rt integral omil baholangan.
Ko‘p omilli regressiya modeli natijalariga ko‘ra tashkiliy muammolarning ta’siri
tashkiliy qo‘llab-quvvatlash ta’siridan qariyb ikki barobar kuchli, mehnat
bozoridagi muqobillar esa faqat ketishdagi cheklovlar past bo‘lgan xodimlarda
ketish niyatini oshiradi. O‘rindosh va soatbay asosida ishlovchilarda ketish niyati
yuqoriligi aniqlangan.
Keywords
ketish niyati, kadrlar qo‘nimsizligi, tashkiliy qo‘llab-quvvatlash, tashkiliy muammolar, mehnat bozoridagi muqobillar, ketishdagi cheklovlar, ijtimoiy so‘rov, oliy ta’lim.

