QASHQADARYO VILOYATI SUV OMBORLARINING ATROF MUHITGA TA’SIRI (HISORAK SUV OMBORI MISOLIDA)

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada Qashqadaryo viloyati suv omborlarining atrof
muhitga ta’siri Hisorak suv ombori (Shahrisabz tumani, Oqsuv daryosi havzasi)
misolida ochiq ilmiy va rasmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Suv omborining
morfometrik ko‘rsatkichlari, uning daryo oqimi rejimiga, bug‘lanish orqali suv
yo‘qotilishiga, oqiziqlar bilan to‘lishiga, mikroiqlim va sizot suvlariga, biota hamda
texnogen xavfsizlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan. Gapparov va Sarmonov (2023)
ma’lumotlari asosida Hisorak suv ombori yuzasidan yillik bug‘lanish 1221 mm
ekanligi, eng yuqori sathda bu yo‘qotish yiliga taxminan 6,8 mln m³ (loyihaviy
hajmning ≈4 foizi) bo‘lishi hisoblab ko‘rsatilgan. Tog‘li hududdagi Hisorak
tekislikdagi Talimarjon suv omboriga nisbatan bug‘lanishdan taxminan 22 foiz kam
yo‘qotadi. Maqola oxirida suv omborining atrof muhitga ta’sirini kamaytirish
bo‘yicha monitoring va boshqaruv tavsiyalari berilgan.

Keywords

suv ombori, Hisorak, Qashqadaryo viloyati, atrof muhitga ta’sir, bug‘lanish, oqiziqlar, mikroiqlim, Oqsuv daryosi.