QISHLOQ HUDUDLARIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH ORQALI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MEXANIZMLARI

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda 2021–2026-yillarda kambag‘allik va
ishsizlik darajasining o‘zgarish dinamikasi hamda xotin-qizlar bandligining oilaviy
kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Rasmiy statistika, xalqaro
tashkilotlar hisobotlari va normativ-huquqiy hujjatlar asosida qishloq hududlarida
ayollar bandligiga to‘sqinlik qiluvchi omillar — bola parvarishi yuki, kasbiy
ko‘nikmalar yetishmasligi, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatining
cheklanganligi, ijtimoiy stereotiplar va mehnat migratsiyasining oilaga ta’siri
aniqlangan. Tadqiqot natijasida tuman miqyosida xotin-qizlar bandligini
ta’minlashning “mahallabay ehtiyoj xaritasi — o‘qitish — moliyalashtirish —
bozorga ulash — monitoring” bosqichlaridan iborat yaxlit modeli taklif etilgan.

Keywords

kambag‘allik, xotin-qizlar bandligi, “Ayollar daftari”, oilaviy tadbirkorlik, mahallabay ishlash, mehnat migratsiyasi, qishloq hududlari.