RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA YUQORI SINF O’QUVCHILARINING MUSTAQIL O’QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHARTLAR

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada raqamli ta’lim muhitida yuqori sinf
o’quvchilarining mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etishning pedagogik shartlari
yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil
etishga xizmat qiluvchi shartlarni nazariy asoslash va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat. Tahlil nazariy adabiyotlarni o’rganish, pedagogik kuzatuv va
umumlashtirishga asoslangan. Natijada to’rtta shart — o’quv maqsadlari va
topshiriqlarining aniq loyihalanishi, raqamli resurslardan metakognitiv
maqsadda foydalanish, individual o’quv yo’l xaritasi hamda shakllantiruvchi
baholash va virtual qayta aloqa tizimi ajratib ko’rsatildi. Ushbu shartlarning birgalikda amalga oshirilishi o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish
ko’nikmalarini shakllantirishga yordam berishi asoslantirildi.

Keywords

raqamli ta'lim muhiti, mustaqil o'quv faoliyati, yuqori sinf o'quvchilari, pedagogik shart, o'z-o'zini boshqarish, raqamli resurslar, shakllantiruvchi baholash.