RESURSLARI CHEKLANGAN IoT QURILMALARI UCHUN YENGIL AUTENTIFIKATSIYALANGAN SHIFRLASH ALGORITMLARINING QIYOSIY TAHLILI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada resurslari cheklangan Internet buyumlari
(IoT) qurilmalarida ma’lumotlarni himoyalash uchun qo‘llaniladigan
autentifikatsiyalangan shifrlash (AEAD) algoritmlari qiyosiy tahlil qilingan.
2025-yil avgust oyida NIST tomonidan SP 800-232 standarti sifatida qabul
qilingan Ascon-AEAD128 algoritmi an’anaviy AES-GCM va AES-CCM,
ChaCha20-Poly1305 hamda PRESENT, SPECK va GIFT-COFB yengil
algoritmlari bilan kriptografik xavfsizlik, tuzilma, dasturiy va apparat
realizatsiya xarajatlari, yon kanal hujumlariga chidamlilik va
standartlashtirilganlik mezonlari bo‘yicha solishtirilgan. Tahlil natijasida RFC
7228 hujjatidagi qurilma sinflari va turli foydalanish ssenariylari uchun algoritm
tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

