SENTINEL-5P/TROPOMI MA’LUMOTLARI ASOSIDA ANDIJON VILOYATIDA TROPOSFERIK NO₂ NING FAZOVIY-VAQTINCHALIK DINAMIKASINI BAHOLASH
Article Information
Abstract
Tadqiqotda Sentinel-5P/TROPOMI sun’iy yo‘ldosh
ma’lumotlari va Google Earth Engine platformasi yordamida Andijon viloyatida
2020 va 2025-yillarning may–sentabr oylari uchun troposferik NO₂ ustun
zichligining fazoviy va vaqtinchalik o‘zgarishi baholandi. Ma’lumotlar ArcGIS
Pro dasturida qayta ishlanib, tumanlar kesimida zonal statistika usulida tahlil
qilindi. Natijalar NO₂ ning hudud bo‘ylab notekis taqsimlanganini ko‘rsatdi: eng
yuqori qiymatlar Andijon shahri va Asaka tumani atrofida, nisbatan past
qiymatlar esa viloyatning g‘arbiy qismidagi qishloq xo‘jaligi tumanlarida
(Ulug‘nor, Bo‘ston, Baliqchi) qayd etildi. Maksimal qiymat 2020-yildagi
1,016×10⁻⁴ mol/m² dan 2025-yilda 1,200×10⁻⁴ mol/m² gacha (+18,1 %), o‘rtacha
qiymat esa 9,0 % ga oshdi. Bundan tashqari, Buloqboshi va Xo‘jaobod
tumanlarining janubiy qismida yangi yuqori konsentratsiya o‘chog‘i
shakllangani aniqlandi. Olingan natijalar hududiy ekologik monitoringni
takomillashtirish va atmosfera havosi sifatini boshqarish choralarini
rejalashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

