SPORT MAKTABLARIDA TARBIYALANUVCHI PARA TAEKVANDOCHILARDA MUVOZANAT VA KOORDINATSION QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada sport maktablarida tarbiyalanuvchi yosh para
taekvondochilarning muvozanat saqlash, koordinatsion qobiliyatlarini
rivojlantirish metodikasi ilmiy-nazariy va amaliy xususiyatlari keltirilgan. Yuqori
kamari funksiyasida nuqsoni bo‘lgan sportchilarda tana og‘irlik markazi siljishi va
harakat assimetriyasini kompensatsiya qilishga qaratilgan maxsus mashqlar
majmuasi ishlab chiqilgan. Pedagogik tajriba davomida statik va dinamik
muvozanat hamda vestibulyar barqarorlik ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi
tahlil qilingan.
Keywords
Sport maktabi, para taekvondo, muvozanat, koordinatsion qobiliyatlar, tayanch-harakat apparati, tana og‘irlik markazi, mashg‘ulot metodikasi.

