TALABALARDA MEDIAKOMPETENTLIKNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN YURTIMIZDA VA DUNYO MIQIYOSIDA OLIB BORILGAN ILMIY VA AMALIY IZLANISHLAR

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur maqola talabalarda mediakompetentlikni raqamli
texnologiyalar vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan
yurtimizda va dunyo miqyosida olib borilgan ilmiy hamda amaliy izlanishlar
tahliliga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mavzuning oʻrganilganlik
darajasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iboratdir. Maqolada raqamli
axborot muhitining kengayishi talabalarda maʼlumotlarni mustaqil izlash,
ularning ishonchliligini tanqidiy tahlil qilish va masʼuliyatli qoʻllash
koʻnikmalari oʻrtasida nomutanosiblikni keltirib chiqarayotgani ochib berilgan.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy yondashuvlar (DigComp 2.2, DigCompEdu,
Falloon modeli, UNESCO tavsiyalari hamda yurtimiz olimlarining ilmiy
izlanishlari) qiyosiy tahlil qilinib, texnologik vositalardan tashqari interfaol
didaktik topshiriqlar dizaynini yaratish muhimligi asoslangan.

Keywords

mediakompetentlik, raqamli savodxonlik, DigCompEdu, Falloon modeli, pedagogik diagnostika, raqamli taʼlim muhiti, loyiha usuli