TEXNOLOGIK JARAYONLARDA SUYUQLIK SARFINI O‘LCHOVCHI ELEKTROMAGNIT O‘ZGARTIRGICHLAR TAHLILI

Article Information

Download PDF

Abstract

Texnologik jarayonlarda suyuqlik sarfini aniq va uzluksiz
o‘lchash avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining muhim vazifalaridan
biridir. Ushbu ishda elektr o‘tkazuvchi suyuqliklar sarfini o‘lchashda
qo‘llaniladigan elektromagnit o‘zgartirgichlarning ishlash prinsipi, tarkibiy
qismlari, asosiy texnik ko‘rsatkichlari va qo‘llash shartlari tahlil qilindi.
Faradeyning elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan o‘lchash usuli ko‘rib
chiqilib, quvur diametri va oqim tezligining o‘lchash signaliga ta’siri hisobiy
misol orqali baholandi. Shuningdek, zamonaviy elektromagnit sarf
o‘lchagichlarning aniqligi, suyuqlik elektr o‘tkazuvchanligiga qo‘yiladigan
talablar, bosim yo‘qotishining pastligi va agressiv yoki suspenziyali muhitlarda
ishlash imkoniyatlari solishtirildi. Hisobiy natijalar elektromagnit
o‘zgartirgichlar suv, oqova suv, kimyoviy eritmalar va boshqa elektr o‘tkazuvchi
suyuqliklar uchun samarali ekanini ko‘rsatadi

Keywords

elektromagnit sarf o‘lchagich, elektromagnit o‘zgartirgich, suyuqlik sarfi, Faradey qonuni, elektromagnit induksiya, elektr o‘tkazuvchanlik, oqim tezligi, o‘lchash aniqligi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari.