TIBBIYOTDA PEDAGOGIKANING O‘RNI VA AHAMIYATI: BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING KLINIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MISOLIDA

Article Information

Download PDF

Abstract

Maqolada tibbiy ta’lim tizimida pedagogikaning o‘rni va
ahamiyati bo‘lajak shifokorlarning klinik kompetensiyalarini rivojlantirish
nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – fundamental (ekologik
va biologik) bilimlarni klinik faoliyatga ko‘chirishda pedagogik loyihalashning
rolini ochib berish hamda simulyatsion ta’lim va OSCE texnologiyalarini
birlashtiruvchi metodikaning samaradorligini asoslash. Pedagogik kuzatuv,
kontent-tahlil, so‘rov, ekspert baholash va ko‘p markazli kvazi-eksperimental
tajriba usullari qo‘llanildi; tajribaga uchta tibbiyot oliy ta’lim tashkilotining 803
nafar talabasi jalb etildi. Tajriba guruhida integrativ diagnostik ko‘rsatkich
73,43 dan 84,76 ballga, nazorat guruhida 71,77 dan 79,21 ballga o‘sdi;
o‘sishdagi guruhlararo farq 3,90 foiz punktni (d=1,09; p<0,001), kasbiy qiziqish
bo‘yicha sof dinamik ustunlik 12,1 foiz punktni tashkil etdi. Natijalar pedagogik
jihatdan asosli tashkil etilgan o‘quv jarayoni shifokor tayyorgarligi sifatining hal
qiluvchi omili ekanini tasdiqlaydi.

Keywords

tibbiy pedagogika, klinik kompetensiya, tibbiy biologiya, ekologik bilimlar, simulyatsion ta’lim, OSCE, debrifing, kompetensiyaviy yondashuv, fanlararo integratsiya.