TIJORAT BANKLARIDA STRATEGIK LOYIHALAR PORTFELINI SHAKLLANTIRISH VA BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Article Information
Abstract
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida strategik loyihalar
portfelini shakllantirish va boshqarishni takomillashtirish masalalari o‘rganilgan.
Markaziy bank va ochiq manbalar ma’lumotlari asosida bank tizimining 2026-yil
holati, davlat va xususiy banklar o‘rtasidagi farqlar hamda strategik investitsiyalarga
ehtiyoj tahlil qilingan. Ierarxiyalarni tahlil qilish usuli asosida loyihalarni tanlashning
besh mezonli modeli va ikki bosqichli portfel shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan,
portfel byudjetini ortiqcha kapital bilan bog‘lash yondashuvi asoslangan. Model shartli
tijorat banki misolida qo‘llanilib, portfel samaradorligi baholangan va boshqaruvning
tashkiliy mexanizmi taklif etilgan
Keywords
strategik loyihalar portfeli, portfel boshqaruvi, tijorat banklari, ierarxiyalarni tahlil qilish usuli, bosqichli nazorat, portfel boshqaruvi ofisi, kapital monandligi

