TIJORAT BANKLARINING RAQAMLI RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA ILMIYUSLUBIY YONDASHUV
Article Information
Abstract
Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining
raqamli raqobatbardoshligini baholashning nazariy va uslubiy masalalari tadqiq
etilgan. Raqamli texnologiyalarning bank faoliyatiga jadal kirib kelishi natijasida
raqobatning an’anaviy omillari bilan bir qatorda raqamli xizmatlar sifati,
mijozlarning raqamli faolligi, texnologik-innovatsion salohiyat, operatsion
samaradorlik va kiberxavfsizlik kabi omillar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xorijiy
va O‘zbekistonlik olimlarning ilmiy yondashuvlari tahlili asosida tijorat
banklarining raqamli raqobatbardoshligiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan
Keywords
tijorat banklari, raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, raqamli raqobatbardoshlik, raqamli bank xizmatlari, DRCI, integral indeks, ekonometrik baholash.

