TOG‘AY MURODNING «OT KISHNAGAN OQSHOM» ASARIDA OTLAR MOTIVI VA ULARNING BADIIY-POETIK TALQINI

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Tog‘ay
Murodning «Ot kishnagan oqshom» qissasidagi otlar motivi, otlarning nomlanishi
va ularga berilgan badiiy ta’riflar poetik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.
Tadqiqotda asar matnidan olingan asl parchalar asosida Bo‘z (Tarlon), Oboqli
dashti tulporlari, shuningdek, ko‘pkari maydonidagi Bumoch, Saman va To‘riq kabi
otlarning tashqi qiyofasi, fe’l-atvori hamda ramziy-estetik vazifalari ochib berilgan.
Qissada ot obrazining milliy o‘zlik, sadoqat, halollik va erkinlik g‘oyalarini ifodalashdagi badiiy o‘rni asoslangan.

Keywords

Tog‘ay Murod, «Ot kishnagan oqshom», Tarlon, Bo‘z, ot motivi, bumoch, saman, to‘riq, animalistik obraz, baxshiyona uslub, badiiy ta’rif.