TO‘QIMACHILIK KORXONALARIDA INNOVATSION LOYIHALARNI TANLASH VA MOLIYAVIY RESURSLARNI TAQSIMLASHNING KO‘P BOSQICHLI ALGORITMI HAMDA 2030-YILGACHA SSENARIYLI PROGNOZ
Article Information
Abstract
Tezisda to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun innovatsion
faoliyatni g‘oyadan rag‘batlantirishgacha qamrab oluvchi sakkiz blokli tashkiliyiqtisodiy mexanizm ishlab chiqiladi. Innovatsion loyihalarni tanlash uchun
chegaraviy filtr, tartib-markaziy (ROC) vaznlar asosidagi ko‘p mezonli baholash va
byudjet cheklovi ostida ustuvorlik bo‘yicha taqsimlashni birlashtirgan mualliflik
algoritmi taklif etiladi. Mexanizm joriy etilishidan oldingi va keyingi holat
qiyoslanadi, iqtisodiy samara formulasi beriladi, tarmoq eksportining 2030-yilgacha
uch ssenariyli prognozi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
Keywords
innovatsion loyiha, loyihalarni saralash, ROC-vaznlar, resurslarni taqsimlash, byudjet cheklovi, iqtisodiy samara, ssenariyli prognoz, to‘qimachilik korxonasi.

