TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARIDA RAQAMLI PLATFORMALARNI JORIY ETISH ORQALI TOVAR TANNARXINI MAQBULLASHTIRISH
Article Information
Abstract
Ushbu tezisda hozirgi kundagi va zamonaviy transport xizmatlari
bozorida aynan raqamli platformalarni amaldagi joriy etish yo’llarini
takomillashtirish orqali logistika xarajatlarini kamaytirish va tovar tannarxini
maqbullashtirish masalalari ilmiy-amaliy tomonidan yoritilgan. Taqdim etilayotgan
tadqiqotda O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston — 2030” strategiyasida
belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va
transport xarajatlarini optimallashtirish ko’rsatkichlari tahlil qilingan. Jumladan,
an’anaviy vositachilik tizimidan raqamli platformalarga o’tish orqali avvalo bo’sh
qatnovlarni va yetkazib berish vaqtini kamaytirish hamda umumiy xarajatlarni
sezilarli darajada qisqartirish bo’yicha ilmiy takliflar berilgan.

