TRANSPORT-LOGISTIKA XIZMATLARIDA RAQAMLI PLATFORMALARNI JORIY ETISH ORQALI TOVAR TANNARXINI MAQBULLASHTIRISH
Article Information
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy transport-logistika xizmatlari
bozorida raqamli platformalarni joriy etish va biznes-jarayonlarni reengineering
qilish (BPR) orqali tovar tannarxidagi logistika xarajatlarini optimallashtirish
masalalari har taraflama va atroflicha ilmiy-amaliy tahlil qilingan. Tadqiqotda
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan
ustuvor vazifalar, Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (LPI)
ko‘rsatkichlari hamda milliy transport tizimidagi bo‘sh qatnovlar (Empty miles) va
vositachilik xarajatlari batafsil o‘rganilgan. Shuningdek, 3PL va 4PL raqamli xab
modelini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi matematik-statistik usullar hamda
qiyosiy modellashtirish orqali ilmiy jihatdan asoslab berilgan

