XALQARO HUQUQNING ASOSIY PRINSIPLARI VA ULARNING ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLARDAGI AHAMIYATI

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro huquqning asosiy prinsiplari va
ularning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o’rni hamda ahamiyati tahlil
qilinadi. Xususan, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan
tahdid qilmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik, xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi, davlatlarning
hududiy yaxlitligi va xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplarining
xalqaro-huquqiy mazmuni yoritiladi. Shuningdek, globallashuv, geosiyosiy qaramaqarshiliklar va xalqaro xavfsizlikka nisbatan zamonaviy tahdidlar sharoitida
mazkur prinsiplarni amalga oshirish bilan bog’liq muammolar ko’rib chiqiladi.
Maqolada xalqaro huquq prinsiplariga rioya etishning xalqaro tinchlik va
xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda
xalqaro huquqiy tartibni mustahkamlashdagi ahamiyati asoslab beriladi.

Keywords

prinsip, xalqaro huquqning asosiy prinsiplari, xalqaro munosabatlar, suveren tenglik, hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilashi, xalqaro tinchlik va xavfsizlik