YAPONIYA MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA KOREYADA XOTIN-QIZLAR IQTISODIY HAYOTI (1910-1945)

Article Information

Download PDF

Abstract

Ushbu maqolada Yaponiya mustamlakachilik davrida Koreya
yarimorolida xotin-qizlarning iqtisodiy faoliyati, yollanma mehnat shakllari va
ularning mehnat munosabatlari muammolarining davr matbuotida aks etishi tahlil
qilinadi. Asosiy e’tibor to‘qimachilik va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida
ishlagan yosh qizlar, ayollar, shuningdek, uy xizmatchilari hamda ta’lim olgan xotinqizlarning yangi kasblarga kirib kelishiga qaratilgan. Mavjud ilmiy adabiyotlar va
matbuotga oid qaydlar asosida ayollar mehnatining sinfiy tengsizlik, gender me’yorlari
va mustamlaka iqtisodiyoti bilan bog‘liq jihatlari ko‘rib chiqiladi. Dastlabki tahlil
matbuot ayollarning og‘ir mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyasizligini yoritish bilan
birga, iqtisodiy mustaqillik haqidagi qarashlar muhokama qilinadigan maydon ham
bo‘lganini ko‘rsatadi.

Keywords

Koreya mustamlaka davri, xotin-qizlar mehnati, matbuot. Iqtisodiy faoliyat, uy xizmatchilari, yogong( ayol ishchi).