YURIDIK SHAXSLARNING TRANSCHEGARAVIY QAYTA TASHKIL ETILISHINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Article Information
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada yuridik shaxslarning transchegaraviy
qayta tashkil etilishi institutining korporativ va xalqaro xususiy huquqdagi
nazariy-huquqiy tabiati, shuningdek uning qo‘shib yuborish, qo‘shib olish,
bo‘lish va transchegaraviy konversiya (redomitsilyatsiya) shakllari tahlil
qilingan. Tadqiqotda turli davlatlarning shaxsiy qonunlari (lex societatis) —
inkorporatsiya va o‘troqlik nazariyalari o‘rtasidagi kollizion ziddiyatlar hamda
ularning universal huquqiy vorislikka ta’siri ochib berilgan. O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi va korporativ qonunchiligidagi normativ
bo‘shliqlar tahlil qilinib, Yevropa Ittifoqining 2019/2121-sonli Mobillik
direktivasi asosida kreditorlar va minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya
qilish mexanizmlari qiyosiy o‘rganilgan. Yakunda milliy qonunchilikka
transchegaraviy qayta tashkil etish normalarini implementatsiya qilishga
qaratilgan aniq takliflar ilgari surilgan.

