ZAMONAVIY UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARI PARVOZLARI XAVFSIZLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Article Information

Download PDF

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari
(UUA) parvozlari xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy texnik, meteorologik, inson,
tashkiliy, navigasion va kiberxavfsizlik omillari kompleks tahlil qilinadi.
Uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining qo‘llanish ko‘lami kengayib borayotgan
sharoitda havo hududidan xavfsiz foydalanish, boshqaruv kanali ishonchliligi,
navigatsiya ma’lumotlarining aniqligi, energiya manbalari holati va operatorning
kasbiy tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda xalqaro fuqaro
aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), Yevropa Ittifoqi aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA),
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) va AQSh Federal aviatsiya ma’muriyati
(FAA) hujjatlariga asoslangan xavflarni baholash yondashuvlari ko‘rib chiqiladi.
Natijalar UUA parvozlarini rejalashtirish, xavfsizlikni boshqarish tizimini
takomillashtirish va ekspluatatsiya jarayonida qaror qabul qilishda qo‘llanilishi
mumkin.

Keywords

uchuvchisiz uchish apparati, parvoz xavfsizligi, xavflarni baholash, navigatsiya, meteorologik omillar, inson omili, kiberxavfsizlik, ICAO, EASA, xavfsizlikni boshqarish tizimi.