ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA XALQARO HUQUQNING O‘RNI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Article Information
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida
xalqaro huquqning o‘rni, uning davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni huquqiy tartibga
solishdagi ahamiyati va rivojlanishining asosiy tendensiyalari tahlil qilinadi.
Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqaro huquqqa oid
qoidalari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, Xalqaro Sud Statuti, xalqaro
shartnomalar huquqiga oid hujjatlar hamda xalqaro huquq bo‘yicha ilmiy
adabiyotlar asos qilib olindi. Xalqaro huquqning suveren tenglik, nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik, xalqaro hamkorlik va inson huquqlarini
himoya qilishdagi funksiyalari yoritiladi. Shuningdek, rivojlanayotgan,global
boshqaruv, inson huquqlari, xalqaro kibr jinoyat,ekologik va iqlim muammolari
hamda xalqaro huquqni kodifikatsiya qilish va progressiv rivojlantirish
jarayonlari zamonaviy tendensiyalar sifatida baholanadi.

